Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

A A A
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kengash deputatlari tomonidan viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi.

Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzayev endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, mas’uliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

Bunda, eng avvalo, xalqning dardini eshitish va muammolarini hal etish, inson qadrini ulug‘lash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.

Kiritildi: 15:21 22.09.2022. O'qildi: 1697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!