Kecha viloyat FVB kelib tushgan xabarga asosan qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uch kishi tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, qorong‘u tushgani sababli, qaytish yo‘lini topa olmagan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz joyga olib kelingan.