Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi

Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.

OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilaydigan yetakchilarni o‘z ichiga olgan «Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol» reytingida nomzodlarni e’lon qildi.

Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan.

Kiritildi: 17:02 08.11.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!