Birinchi xonim Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy “Inson uchun” festivaliga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy loyihalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari bilan tanishdi.
Festival ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirdi.