Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Zimbabvedagi ko‘lda paromning ag‘darilib ketishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Zimbabvedagi ko‘lda paromning ag‘darilib ketishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Zimbabvedagi Kariba ko‘lida ortiqcha odam tashigan paromning ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Associated Press Zimbabve Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga tayanib xabar berdi.

Jami 77 kishi qutqarildi va ular ko‘ldagi kichik orolga yetib borishdi, 27 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Zimbabve fuqarolik himoyasi bo‘linmasining bayonotida chiptalar savdosi ma’lumotlarini ko‘rib chiqqandan so‘ng, bortda 114 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lganligi aniqlangani aytilgan.

Ko‘lda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi report.az.

Kiritildi: 16:51 12.08.2026. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!