Pokistonning Panjob viloyatidagi Kot Addu shahrida riksha kanalga tushib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.
Dawn nashrining xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida olti nafar voyaga yetmagan bola bo‘lgan.
Baxtsiz hodisa paytida 24 kishini olib ketayotgan riksha dushanba kuni kechqurun Muzaffargar kanaliga tushib ketgan. Yo‘lovchilar yaqin atrofdagi qishloqda to‘y marosimidan qaytayotgan edilar.
Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Mahalliy aholi bilan birga Kot Addu va Muzaffargar tumanlaridan sakkiz nafar g‘avvos va 22 nafar suzuvchi ishtirok etmoqda.