Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Zimbabvedagi Kariba ko‘lida parom halokati oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Zimbabvedagi Kariba ko‘lida parom halokati oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Zimbabvedagi Kariba ko‘lida "Rida" paromi ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy polisiyaning ma’lum qilishicha, voqea joyidagi qidiruv va tergov ishlari yakunlangach, qutqarilganlar hamda qurbonlar haqida to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

ZBC News xabariga ko‘ra, sig‘imi atigi 90 kishiga mo‘ljallangan parom bortida taxminan 160 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hozirgacha 74 kishi qutqarilgan, yana 75 nafar yo‘lovchi esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qutqaruvchilar qayiqlar va vertolyotlar yordamida odamlarni qidirishda davom etmoqda. Ma’lumot uchun, mazkur parom Nyaminyami qishlog‘idan Kariba shahriga tomon 5 soatlik yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.


Kiritildi: 19:12 12.08.2026. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!