Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Zimbabveda suv toshqinlari oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi

Zimbabveda suv toshqinlari oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘ldi

Zimbabveda yomg‘irli mavsum boshlanganidan beri kuzatilayotgan kuchli suv toshqinlari sabab kamida 74 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mamlakat Fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasiga tayanib, The Herald nashri ma’lum qildi.

Oktyabrdan beri to‘xtovsiz yomg‘irlar yog‘moqda, ular kuchli shamol, ko‘chki va momaqaldiroqlar bilan kechmoqda. Eng og‘ir vaziyat Manikalend, G‘arbiy Mashonalend va Midlends viloyatlarida qayd etilgan.

Yomg‘irli mavsum Janubiy Afrikaning boshqa davlatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mozambikda suv toshqinlari oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, JARning shimoliy hududlari, jumladan Kryuger milliy bog‘i ham suv ostida qolgan. Ob-havo anomaliyalari hatto odatda quruq hisoblangan Namibiyada ham kuzatilmoqda.

Kiritildi: 22:17 18.01.2026. O'qildi: 140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!