Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya Bosh vaziri Trampning tahdidlariga javob qaytardi: Insoniyatning buyuk falokatlari mana shunday boshlanadi...”

Ispaniya Bosh vaziri Trampning tahdidlariga javob qaytardi: Insoniyatning buyuk falokatlari mana shunday boshlanadi...”

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches AQSh Prezidenti Donalbd Trampning Madrid bilan savdoni qisqartirish haqidagi tahdidlariga javob berdi.

Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri televideniye orqali xalqqa murojaat qildi.

U Ispaniya Yaqin Sharqda davom etayotgan urush keltirib chiqargan "falokat"ga duch kelayotganini ta’kidladi.

"Insoniyatning buyuk falokatlari mana shunday boshlanadi... Millionlab odamlarning taqdiri bilan rus ruletkasini o‘ynab bo‘lmaydi", dedi bosh vazir.

Oldingi kuni Amerika prezidenti AQSh Ispaniyaning harbiy xarajatlarni YAIMning 5 foizigacha oshirishdan bosh tortgani sababli u bilan barcha savdo aloqalarini uzish niyatida ekanligini e’lon qildi.

Sanches AQSh va Isroilning Eronni bombardimon qilishini qoralab, ularni beparvolik va noqonuniy deb ataganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlik kuchaydi.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!