Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zimbabveda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor

A A A
Zimbabveda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Zimbabveda avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgani The Associated Press tomonidan xabar qilinmoqda.

Halokat 13 fevral kuni Beytbrij shahri yaqinidagi yo‘lda yuz berdi. Xarare shahridan kelayotgan avtobusda 65 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Avtobus haydovchisi boshqa mashinani quvib o‘tishga uringan, biroq boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 kishi voqea joyida, yana yetti kishi shifoxonada jon bergan.

Kiritildi: 17:55 14.02.2025. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!