Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘ziga ovqat sotib oladigan it

A A A
O‘ziga ovqat sotib oladigan it

Kolumbiyaning Texnika kollejida Chernish ismli bir it yashaydi. Uning talabalar bilan qadrdonligi shu darajadaki, o‘zini silashlari va oziq-ovqat bilan boqishlariga ruxsat beradi. Kollej yaqinida 5 yildan buyon yashayotgan mana shu mavjudot yaqinda pul va uning kuchini sezib qoldi va o‘ziga do‘kondan oziq-ovqat sotib ola boshladi.

Talabalarning do‘kondagi oldi-sotdilarini yaxshilab kuzatgan mazkur it pul muomalasini tushunib yetib, ushbu iqtisodiy zanjirda ishtirok etishga jazm qildi.

Chernishning pul topish usuli biroz boshqacharoq. Uning nazarida, pul daraxtda o‘sib chiqadi. Yo‘q, buni to‘g‘ri ma’noda aytyapmiz. Ya’ni aqlli it valyuta o‘rnida daraxt barglaridan foydalanadi. Eng qizig‘i, do‘kon sotuvchilari ham bu valyutani pul o‘rnida qabul qilishmoqda.

Manba: rambler.ru

Kiritildi: 07:59 11.05.2018. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik