Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Lionel Messining «Oltin to‘p» uchun kurashi haqida fikr bildirdi. Avvalroq argentinalik futbolchi sovrin uchun 30 nafar nomzod ro‘yxatidan joy olgan edi.
«Messi va «Oltin to‘p»? Men unga 100 marta ovoz bergan bo‘lardim. Messi bu sovrinni yana qo‘lga kiritsa, bundan umuman hayron bo‘lmayman.
Agar kimdir hali ham barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi kim ekaniga shubha qilsa, ochig‘ini aytsam, bunday insonga futbol jamiyatida joy yo‘q», — deya Zidanning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
«Oltin to‘p» sovrini 26 oktyabr kuni topshiriladi.
Lionel Messi ushbu mukofotni sakkiz marta qo‘lga kiritgan va bu rekord natija hisoblanadi.