Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi jamoani nomini aytdi

Zidan futbol tarixidagi eng yaxshi jamoani nomini aytdi

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi, Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan Zayniddin Zidan futbol tarixidagi eng kuchli jamoa sifatida Arrigo Sakki qo‘l ostidagi «Milan»ni tanladi.

«Tarkibida Van Basten, Reykard, Gullit, Barezi va Maldini bo‘lgan “Milan”. U jamoa juda ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozongan. Sakki jamoasi haqiqatan ham hayratlanarli edi», — deydi Zidan "Sempre Milan" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Arrigo Sakki «Milan»ni 1987–1991 hamda 1996–1997 yillarda boshqargan. U klub bilan birgalikda Italiya chempioni, mamlakat Superkubogi sohibi, shuningdek, ikki karra Yevropa chempionlar kubogi, Yevropa Superkubogi va Interkontinental kubok g‘olibi bo‘lgan.

Kiritildi: 09:08 13.10.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!