Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Zidan: «Fransiya milliy jamoasini boshqarishni istayman»

Zidan: «Fransiya milliy jamoasini boshqarishni istayman»

Fransiyalik sobiq futbolchi va «Real» sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylik faoliyati masalasida gapirdi.

«Men murabbiylik qilishda davom etishni istayman. Albatta, Fransiya milliy jamoasini boshqarishni istayman. Umid qilamanki, bir kun kelib ushbu jamoa bosh murabbiyiga aylanaman. Qachon? Bu menga bog‘liq holat emas. Lekin Fransiya milliy jamoasi bilan butun boshli siklni o‘tkazishni istayman. Men Fransiya milliy jamoasida o‘ynaganman va bu hayotimda yuz bergan eng baxtli voqealardan biri.

Shunday bo‘lishi kerak, lekin qachonligini bilmayman. Fransiya milliy jamoasida ishlashni xohlayman dedimmi, demak buning uchun harakat qilaman. Hozir ular juda yaxshi jamoa, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Lekin qachondir imkoniyat bo‘lsa, albatta, harakat qilaman.

Bundan tashqari, nega endi o‘zim biror bir loyihada yetakchi sifatida qatnashmasligim kerak? Misol uchun, jamoa menejeri yoki prezidenti sifatida», — dedi Zidan.

Avvalroq, «PSJ» Zidan bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelisha olmagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Kiritildi: 22:06 23.06.2022. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!