O‘zbekiston Qozog‘istondan keyingi muhim nuqtaga aylanishi mumkin, deb yozmoqda The New Arab.
Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Qozog‘iston 2025 yil noyabr oyida 2020 yilda Tramp vositachiligida tuzilgan «Ibrohim bitimlari»ga qo‘shildi.
Qozog‘iston allaqachon Isroilning muhim energetika hamkori bo‘lib, uning xom neft importining qariyb chorak qismini ta’minlaydi.
Energetikadan tashqari, ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar ham kengaymoqda: Isroilning mamlakatga kiritgan sarmoyasi esa so‘nggi yigirma yil ichida taxminan 500 million dollarga yetganini ma’lum qildi.
Isroil uchun O‘zbekiston katta bozor, mineral resurslar va mintaqadagi strategik joylashuvi bilan qiziq. 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan Isroilga mis eksporti qariyb ikki baravar oshgan, deb yozmoqda arab nashri.