Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zeromax kompaniyasining sobiq direktori Mirodil Jalolov yana bir bor qamoqdan ozod qilindi

A A A
Zeromax kompaniyasining sobiq direktori Mirodil Jalolov yana bir bor qamoqdan ozod qilindi

Zeromax kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolov joriy yil 8 yanvar kuni DXX tergov izoyatoridan ozod qilindi va shu kunning o‘zida Toshkentdagi uyiga qaytdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Fotima Jalolova ma’lum qildi, deya xabar beradi Anhor.uz .

Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 53 yashar Mirodil Jalolovga nisbatan hibsga olish tariqasidagi ehtiyot chorasini bekor qildi va u sud zalidan qo‘yib yuborildi. Shunday bo‘lsa ham, Jalolov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan aybdor deb topildi va 17 687 040 so‘m jarimaga tortildi.

2017 yil 4 yanvarida ham Mirodil Jalolov sud zalidan ozod qilingan, o‘shanda sud qarorida unga yetkazilgan zararni qoplash uchun vaqt berilgani qayd etilgandi. Biroq 2017 yil martida u yana qamoqqa olingan va shu paytgacha DXX tergov izoyatorida saqlanayotgandi. Jalolovga yaqin bo‘lgan manba buni davlatga yetkazilgan o‘nlab million dollar zarar qoplanmagani bilan izohlagandi.

Ma’lumot uchun, 2010 yil may oyida O‘zbekistonda Zeromax kompaniyasi faoliyati to‘xatilgan, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilingan, hisob raqamlari esa muzlatilgandi. Mamlakatda Odilboy nomi bilan mashhur bo‘lgan Mirodil Jalolov esa o‘sha yil sentyabr oyida qamoqqa olingandi.

Kiritildi: 12:16 09.01.2019. O'qildi: 3452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!