Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari o‘rinbosari Pavlo Palisa Ar-Riyodda Rossiya delegasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishni istisno qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
U, shuningdek, Saudiya Arabistonida AQSh bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalariga izoh berishdan bosh tortdi. "Hozircha izoh bermayman. Siz maslahatlashuvni to‘xtatyapsiz", dedi ukrainalik siyosatchi agentlik muxbirlarining savoliga javoban.
Vashington va Kiyev vakillari o‘rtasidagi muzokaralar raundi 23 mart kuni yakuniga yetdi. Ukrainalik siyosatchilar Ar-Riyod mehmonxonasidagi majlislar zalini tark etishdi.