Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiyga yaqin shaxslar unga prezident devoni rahbari Yermakni ishdan bo‘shatishni maslahat bermoqda

Zelenskiyga yaqin shaxslar unga prezident devoni rahbari Yermakni ishdan bo‘shatishni maslahat bermoqda

Zelenskiyga yaqin shaxslar unga prezident devoni rahbari Yermakni ishdan bo‘shatishni maslahat bermoqda — “Ukrainskaya pravda”

Ukraina prezidenti Zelenskiy Oliy Rada vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishini va "prinsipial qarorlar" tayyorlayotganini ma’lum qildi.

"Albatta, bu hafta rasmiylar bilan suhbatlar va Oliy Rada rahbariyati hamda “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Men davlatimizga kerak bo‘lgan bir nechta zarur qonunchilik tashabbuslari va tezkor, fundamental qarorlarni tayyorlayapman", — dedi Zelenskiy.

“Ukrainaskaya pravda” nashrining “Xalq xizmatchisi” partiyasidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Zelenskiyga yaqin doiradagilar unga “Energoatom” davlat kompaniyasi atrofidagi korrupsiya mojarosi fonida prezident devoni rahbari Andrey Yermakni ishdan bo‘shatishni maslahat bermoqda.

"Zelenskiy o‘z jamoasidagi asosiy shaxslar, jumladan, bosh vazir o‘rinbosarlari Yuliya Svirydenko va Mixaylo Fedorov, razvedka boshlig‘i Kirill Budanov va boshqalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Prezident bilan suhbatlashganlarning aksariyati inqirozni hal qilish bo‘yicha turli tavsiyalar berishdi, ammo ularning deyarli barchasi Yermakni almashtirishni maslahat berishdi", deb yozadi nashr.

Avvalroq Ukrainadagi yirik korrupsiya mojarosi sababli mamlakatning adliya va energetika vazirlari iste’foga chiqqani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 17:25 18.11.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!