Ukraina armiyasi o‘z kuchi bilan Qrim va Donbassni qaytarib ololmaydi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaning Le Parisiyen gazetasiga bergan intervyusida.
Nashr Zelenskiydan urushni tugatish uchun qanday murosaga borishga tayyorligini so‘radi. «[Qrim yoki Donbassni, hech bo‘lmaganda vaqtincha] berishga tayyormisiz?» - so‘radi gazeta jurnalisti.
Zelenskiy javob berdi: «Biz o‘z hududlarimizni bera olmaymiz. Ukraina Konstitusiyasi bizga buni taqiqlaydi. De-fakto, bu hududlar hozir rossiyaliklar tomonidan nazorat qilinadi. Ularni qaytarib olishga kuchimiz yetmaydi. Biz Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish uchun faqat xalqaro hamjamiyatning diplomatik bosimiga umid qilishimiz mumkin.»
Shuningdek, Zelenskiydan Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormisiz, deb so‘rashdi. «Qarama-qarshi o‘tirgan odam muhim emas. Muzokaralar olib borayotganingizda qanday holatda ekaningiz muhim. Men zaif pozisiyada emasmiz deb o‘ylayman, lekin kuchli pozisiyada ham emasmiz. NATOga kiramizmi? Biz bilmaymiz. Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lamizmi? Ha, kelajakda, lekin qachon?
...Avvalo biz model, harakat rejasi yoki tinchlik dasturini ishlab chiqishimiz lozim - qanday nomlashni o‘zingiz hal qiling. Shundan so‘ng biz uni Putinga yoki keng ma’noda rossiyaliklarga taqdim eta olamiz,» - dedi u.
Zelenskiy ta’kidladikim, birorta jahon yetakchisi «Ukrainasiz Putin bilan muzokara olib borishga haqli emas.» «Biz bu vakolatni hech kimga bermaganmiz. Biz qurbonlarmiz,» - deya bayonot berdi Zelenskiy.