Ukrainaga xorijiy harbiy kontingent faqat urush tugaganidan keyin joylashtirilishi mumkin, dedi Vladimir Zelenskiy.
"Baribir, bunday harakatlar urush tugaganidan keyin amalga oshadi. O‘z qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish va ularni urushga bevosita aralashishiga hech kim jur’at qilmaydi, buni barcha yaxshi tushunadi. Agar shundaylar topilsa ham, ular ozchilik bo‘ladi", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti.