Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi keyingi ishtiroki masalasini qachon hal qiladi?

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi keyingi ishtiroki masalasini qachon hal qiladi?

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi keyingi ishtiroki masalasini asirlar almashinuvi yakunlanganidan so‘ng hal qilishini aytdi.

"Almashinuv taxminan 20–21 iyun kunlari yakunlanadi. Shundan so‘ng, biz keyingi qadamlarimizni muhokama qilamiz", — deya izoh berdi Ukraina prezidenti.

Volodimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Ukraina va AQSh prezidentlari jamoalari G7 sammiti doirasida mening Tramp bilan uchrashuvimni o‘tkazish ustida ishlashmoqda. Biz ushbu uchrashuvda Moskva bilan keyingi muzokaralar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalalarini ko‘tarishni rejalashtirmoqdamiz;

◾️ Bizga Qo‘shma Shtatlar prezidentining siyosiy irodasi kerak, Tramp kuchli qadamlar tashlashini istaymiz;

◾️ AQSh prezidenti hali Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish yoki kiritmaslikka qaror qilmagan bo‘lsa, demak u buni qandaydir kuchli harakat uchun saqlab qolmoqda. Balki u Rossiya bilan "muloqot oynasi”ni butunlay yopib qo‘yishdan cho‘chiyotgandir;

◾️ Ukraina Qo‘shma Shtatlardan olishni istayotgan “global darajada kuchli” qurollar paketi bo‘yicha taklif tayyorlagan. Ammo bu masalada prezidentlar darajasida kelishuv zarur, bu xarid bo‘yicha paket ko‘rinishida bo‘lishi mumkin;

◾️ AQSh Yaqin Sharq mintaqasiga 20 mingta raketalarni jo‘natdi, Ukraina ularni olishga umid qilayotgan edi. Bu biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi, biroq bu Isroilning Eronga qarshi operasiyasi yaqinlashayotgani uchun amalga oshirildi;

◾️ Rossiyaliklar Sumi viloyatida to‘xtatib qolindi, biz pozisiyalarimizni mustahkamlayapmiz;

◾️ Rossiyaliklarning Dnepropetrovsk viloyatidagi harakatlari haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya armiyasi qanday bo‘pmasin Dnepropetrovskning ma’muriy chegarasiga suqilib kirishga urinmoqda.

Kiritildi: 19:52 14.06.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!