Vladimir Zelenskiy Ukraina aholisiga havo ogohlantirishlari haqida murojaat qildi va ularni e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirdi.
Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Iltimos, havo hujumi signallariga e’tibor berishni unutmang, ayniqsa shu kunlarda. Buni e’tiborsiz qoldirmang”, dedi Zelenskiy.