Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 14 noyabrga o‘tar kechasi mamlakat hududiga yirik raketa va dron zarbasi berilganini e’lon qildi.
Prezidentning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga taxminan 430 ta uchuvchisiz samolyot va 18 ta raketa, shu jumladan ballistik va aeroballistik raketalarni uchirgan. Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev bo‘lgan.
Zelenskiy shuningdek, Rossiya qo‘shinlari ertalab Sumi viloyatida “Sirkon” raketasini qo‘llaganini ma’lum qildi.
“Faqat Kiyevning o‘zida o‘nlab ko‘p qavatli uylar vayron bo‘lgan. Ozarbayjon elchixonasiga Iskander raketalari zarar yetkazgan. Kiyev asosiy nishon bo‘lgan, ammo Kiyev, Xarkov va Odessa viloyatlari ham zarbaga uchragan”, — dedi Ukraina rahbari.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida qurbonlar bor.