Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina va Yevropa himoyasi uchun qo‘shma harakatlarimizni kuchaytirmoqdamiz

Zelenskiy: Ukraina va Yevropa himoyasi uchun qo‘shma harakatlarimizni kuchaytirmoqdamiz

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina, demakki Yevropa xavfsizligini ta’minlash uchun hamkor davlatlar bilan qo‘shma harakatlar yetarli darajada bo‘lishiga intilayotganini bildirdi.

Bu haqda u OAV vakillari oldida Litva prezidenti Gitanas Nauseda va Polsha prezidenti Karol Navroskiy ishtirokidagi chiqishida aytdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, 24 fevraldan buyon Polsha Ukrainaga misli ko‘rilmagan darajada yordam ko‘rsatmoqda. Litva, barcha Boltiqbo‘yi davlatlari, Shimoliy Yevropa mamlakatlari ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Markaziy Yevropa davlatlarining aksariyati, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Ruminiya va Moldova ham Ukraina tomonida ekani qayd etildi.

Kiritildi: 22:05 25.01.2026. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!