Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: Ukraina uchun Yevropa Ittifoqiga a’zolik NATO'dan ko‘ra muhimroq

Zelenskiy: Ukraina uchun Yevropa Ittifoqiga a’zolik NATO'dan ko‘ra muhimroq

Ukraina Prezidenti mamlakatning YEIga a’zo bo‘lishi NATO'ga kirishdan ko‘ra foydaliroq ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, NATO'ga a’zolik masalasida AQSh va boshqa ba’zi davlatlarning pozisiyasi tufayli imkoniyatlar kamroq. Zelenskiy Ukrainaning 800 ming kishilik armiyasi va zamonaviy texnologiyalari YEIni faqat kuchaytirishini aytib, Ittifoqni kelajakda kuchli bo‘lish uchun Ukrainani qabul qilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Polsha TIV rahbari Radoslav Sikorskiy Ukrainaning YEIga tezlashtirilgan tartibda qabul qilinishiga qarshi chiqdi. U Varshava bunday jarayonga yo‘l qo‘ymasligini va Ukraina ham xuddi Polsha kabi barcha zarur shartlarni to‘liq bajarishi kerakligini ma’lum qildi.

Avvalroq Germaniya va Yevroittifoqning boshqa davlatlari ham Ukrainaning ittifoqqa tezkorlik bilan qo‘shilishi borasida e’tirozlarini bildirishgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!