Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina tezroq tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor"

Zelenskiy: "Ukraina tezroq tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor"

Ukraina tez orada AQShga yevropalik hamkorlari bilan yakunlangan Rossiya-Ukraina urushini tugatish rejasini yuboradi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Bugun biz muzokara guruhimiz bilan bir kun avval Londonda yevropalik hamkorlarimizning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari darajasida olib borilgan ish natijalarini muhokama qildik”, — deyiladi xabarda.

U urushni tugatish rejasining barcha bandlari bo‘yicha faol ish olib borilayotganini ta’kidladi: "Ukraina va Yevropa takliflari deyarli to‘liq ishlab chiqilgan va biz ularni AQShdagi hamkorlarimizga taqdim etishga tayyormiz. Amerika tomoni bilan birgalikda imkon qadar samarali va tezkor qadamlar qo‘yishga umid qilamiz".

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina haqiqiy tinchlikdan manfaatdor va AQSh bilan doimiy aloqada.

“Yaqin vaqt ichida yakuniy hujjatni AQShga jo‘natishga tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 08:00 10.12.2025. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!