Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimida Aleksandr Sirskiyning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlarni o‘rganishni boshladi. Nomzodlar ro‘yxatida 11 kishi bor. Ular orasida asosiysi sifatida Ukraina Qurolli kuchlari Birlashgan kuchlari qo‘mondoni Mixail Drapatiy ko‘rilmoqda.
"Ukrainskaya pravda" (UP) va Financial Times ham Drapatiyni bosh qo‘mondonlikka da’vogarlar qatorida tilga olmoqda. Undan tashqari, ro‘yxatga Desant-hujumkor qo‘shinlari qo‘mondoni Oleg Apostol va Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Gorbatyuk kiritilgan.
UP ehtimoliy da’vogarlar orasida Ukraina Qurolli kuchlari 3-armiya korpusi qo‘mondoni Andrey Bileskiy va Ukraina Milliy gvardiyasining 1-korpusi "Azov" qo‘mondoni Denis Prokopenkoni ham sanab o‘tgan.
"Armiyadagi suhbatdoshlarimizning aksariyati hozirda Drapatiyning tayinlanishiga umid qilmoqda", — deb qayd etadi "Ukrainskaya pravda".