Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni iste’foga chiqarish variantini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Financial Times Ukraina ma’muriyatidagi manbaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu dam olish kunlari Zelenskiy frontdagi vaziyat bo‘yicha ularning bahosini tinglash va armiya qo‘mondoni lavozimiga ehtimoliy nomzodlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun harbiy komandirlarni yig‘moqda.
Manbaning qayd etishicha, agar Zelenskiy front chizig‘ida Ukraina mudofaasiga putur yetkazmasdan, qo‘shinlar boshqaruvini "silliq o‘tkazish"ni ta’minlaydigan komandir topsa, Sirskiyni lavozimidan chetlatishga tayyor.
Ukraina prezidenti Sirskiyning iste’fosi haqida Mixail Fyodorovning Mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatilishi ortidan Ukraina shaharlarida kelib chiqqan ommaviy noroziliklardan keyin o‘ylab qoldi, deb yozadi Financial Times.