Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Ukraina "Flamingo" raketalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi"

Zelenskiy: "Ukraina "Flamingo" raketalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi"

Ukraina 2025 yil oxirigacha "Flamingo" qanotli raketalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy brifingda ma’lum qildi.

"Ukraina o‘zining uzoq masofaga uchuvchi qurollarini ishlab chiqarishda juda yaxshi yutuqlarga erishmoqda, ular allaqachon Rossiyaga qarshi qo‘llanilmoqda. Biz yangi raketalardan foydalanmoqdamiz, masalan, "Flamingo". Miqdorini aytmayman. Yil oxirigacha ommaviy ishlab chiqarishni kutyapmiz. Bizda "Neptun" raketalari ham ommaviy ishlab chiqarilmoqda. Ular ham yaxshi ishlamoqda", - dedi Ukraina rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari yaqin kelajakda Rossiyadagi ustuvor nishonlarga yangi uzoq masofali zarbalar tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, u Ukraina "Flamingo" raketasi yordamida allaqachon to‘qqiz marta zarba berganini ta’kidladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda Ukrainaning eng yaxshi qanotli raketasi hisoblanadi.

Kiritildi: 10:15 04.11.2025. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!