Ukraina hech qanday cheklovlarsiz Yevropa Ittifoqining to‘liq a’zosi bo‘lishi kerak.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropaning kengayish bo‘yicha sammiti ishtirokchilariga murojaatida ma’lum qilgan.
"Men Ukrainaga tenglar orasida teng munosabatda bo‘lishi juda muhim, deb hisoblayman. Va agar biz YEIga a’zolik haqida gapiradigan bo‘lsak, u to‘liq bo‘lishi kerak. Menimcha, teng huquqli davlatlar, ularning kattaligi va aholisidan qat’i nazar, bir stolda o‘tirishi juda muhim", - dedi u.
Uning ta’kidlashicha, YEIga a’zolik haqida gap ketganda, barcha mamlakatlar umumiy qadriyatlarga ega bo‘lishi juda muhim: "Menimcha, Yevropa Ittifoqiga yarim a’zolik yoki qisman a’zolik bo‘lishi mumkin emas".
Avvalroq Yevropa Ittifoqining kengayish bo‘yicha komissari Marta Kos Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan yangi davlatlarga bir necha yillik "sinov muddati" berilishi va ular demokratik tamoyillardan chetga chiqsa, ular chiqarib yuborilishi mumkinligini aytgan edi.