Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi.
Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Avvalroq AFP manbasiga tayanib, Rossiya delegasiyasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulga borishdan bosh tortgan Zelenskiy u yerga Ukraina muzokarachilar guruhini yuborishi haqida yozgan edi.