Zelenskiy Uitkoff va Kushner bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Ushbu muloqotda, shuningdek, hozirda AQShda bo‘lgan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Umerov va Bosh shtab boshlig‘i Gnatov ham ishtirok etdi.
"Mazmunli va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida qon to‘kilishini to‘xtatishni kafolatlay oladigan va Rossiyaning Ukrainaga uchinchi bosqini xavfini, shuningdek, Moskvaning o‘z va’dalarini bajarmaslik tahdidini bartaraf eta oladigan asosiy masalalar muhokama qilindi", — dedi Zelenskiy.
"Tez orada yangi muzokaralar bo‘ladi, hozircha esa Umerov va Gnatov hisobot berish uchun Ukrainaga qaytmoqda. Chunki hamma narsani telefon orqali muhokama qila olmaymiz, shu sababli g‘oyalar va takliflar ustida jamoalar bilan batafsil ishlash kerak bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.