Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Turkiyada Putin bilan bo‘lajak uchrashuvda muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni ma’lum qildi

Zelenskiy Turkiyada Putin bilan bo‘lajak uchrashuvda muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarni ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Liberation nashriga bergan intervyusida Rossiya yetakchisi bilan bo‘ladigan uchrashuvda barcha harbiy asirlarni almashish va o‘t ochishni to‘xtatish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini bildirdi.

"Agar Istanbulda Putin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tsa, bu shunchaki ramziy tusda bo‘lmasligi zarur. Biz siyosiy g‘alaba bilan chiqishimiz kerak — o‘t ochishni to‘xtatish, barcha asirlarni almashish yoki shunga o‘xshash natijaga erishishimiz lozim", — deya ta’kidladi Ukraina yetakchisi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardan real natija chiqishi uchun xalqaro vositachilar zarur. Chunki Ukraina va Rossiya bir-biriga ishonmaydi. Uning fikricha, bunday vositachilikni AQSh bajara oladi.

Zelenskiy, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp muzokaralarda qatnashadigan bo‘lsa, bu Putinni Istanbulga kelishga undashi mumkin.

"Agar Putin Turkiyadagi uchrashuvga kelmasa, bu uning uchun to‘liq mag‘lubiyatdek ko‘rinadi", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 12:05 14.05.2025. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!