Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: Tramp bilan Ukraina osmonini himoya qilish bo‘yicha kelishib oldik

Zelenskiy: Tramp bilan Ukraina osmonini himoya qilish bo‘yicha kelishib oldik

Bu suhbat AQShning Ukrainaga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishi va Trampning Putin bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Zelenskiy Trampni AQSh mustaqillik kuni bilan tabriklab, Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam "Ukraina mustaqilligini himoya qilish va insonlar hayotini saqlab qolishga yordam berayapti".

Suhbat chog‘ida ikki tomon frontdagi vaziyat va Rossiyaning so‘nggi zarbalari oqibatlarini muhokama qildi. Zelenskiy havodan himoyani kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, shu yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirdi.

Shuningdek, suhbatda bespilotnik texnologiyalari sohasida AQSh bilan qo‘shma mudofaa ishlab chiqarish loyihalari muhokama qilindi. Zelenskiy AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoat va investisiya loyihalariga ham tayyor ekanini aytdi.

Suhbatda qurol-yarog‘ xaridi, mudofaa sanoatini rivojlantirish va xalqaro diplomatik hamkorlik masalalari ham ko‘tarildi. Zelenskiy Amerika tomonining tinchlik yo‘lidagi takliflarini qo‘llab-quvvatlab, adolatli kelishuvga erishish zarurligini ta’kidladi.

Ushbu suhbat Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan "hafsalasi pir bo‘lgan" muloqotidan bir kun o‘tib amalga oshdi. Shu paytda Kiyev AQSh qurollari yetkazib berishda to‘xtalib qolgan holatga duch keldi — Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, qurol eksporti vaqtincha bir necha mamlakatlar, jumladan Ukraina uchun ham to‘xtatilgan.

Kiritildi: 13:16 05.07.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!