Kanadadagi G7 sammiti arafasida AQSh prezidenti Donalmd Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bu haqda jurnalistlarga Oq uy xodimi ma’lum qilgan, uning so‘zlaridan Vashington ma’muriyati rahbarining press-puli iqtibos keltirgan.
Sammit doirasida Tramp "Karni, Zelenskiy va Sheynbaum bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi".
AQSh prezidenti 15-17 iyun kunlari Kananaskis (Alberta) kurort hududida G7 sammiti (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan Kanadaga yetib keldi.