Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.
Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Men prezident Tramp bilan Sumi viloyatidan qaytganimdan so‘ng suhbatlashdim. Bu suhbat prezident Trampning vakili Stiven Uitkoffning Moskvaga tashrifidan keyin bo‘lib o‘tdi.
Bizning sheriklar bilan qo‘shma pozisiyamiz mutlaqo aniq: urush tugashi kerak. Va bu adolatli tinchlik bo‘lishi kerak. Suhbatda Yevropa yetakchilari ham ishtirok etdi va ularning har biriga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorman. Biz Moskvada aytilgan gaplarni muhokama qildik" — deyiladi nashrda.
Zelenskiy Ukraina o‘z mustaqilligini albatta himoya qilishini va uzoq muddatli va barqaror tinchlikni istashini ta’kidladi. "Rossiya o‘zi boshlagan urushni tugatishi kerak. Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat", - deya yakunladi Ukraina rahbari.