Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Zelenskiy Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Sumi viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Artyuxni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda «Suspilne» nashri xabar berdi.

Hukumatning Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk Ukraina Vazirlar Mahkamasi Artyuxni ishdan bo‘shatishga rozi bo‘lganini aytdi.

Rossiya harbiylari 13 aprel kuni ertalab Sumi shahri markaziga ikkita «Iskandar-M» raketasi bilan zarba berdi. Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 35 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan. Ertasi kuni Artyux raketa zarbasi kuni shaharda ukrainalik askarlarni taqdirlash marosimi rejalashtirilganini aytdi. «Bu mening tashabbusim emas edi, meni taklif qilishdi», dedi u.

Zarba sodir bo‘lgan kuni Sumida harbiy mukofotlar topshirilayotgani haqidagi ma’lumot zarbadan keyingi dastlabki soatlarda ba’zi ukrainalik siyosatchilar tomonidan tarqatildi. Sumi viloyatining Konotop shahri meri Artyom Seminixin so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari Sumi markazida bunday tadbirni kim uyushtirganini aniqlash uchun tekshiruv boshlagan.

14 aprel kuni tushdan keyin Rossiya Mudofaa vazirligi zarbadan maqsad Seversk operativ-taktik guruhi qo‘mondonlik shtabining yig‘ilishi bo‘lgani va buning oqibatida Ukraina Qurolli kuchlarining 60 dan ortiq harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 17:14 15.04.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!