Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lajak telefon suhbati haqida oldindan xabardor qilingan va Germaniya vazirlar mahkamasi rahbarini suhbatlashmaslik haqida ogohlantirgan. Bu haqda 15 noyabr, juma kuni Zelenskiy ofisidagi manbaga tayanib Reuters xabar berdi.
Ukraina rahbarining ishonchi komilki, suhbat «Pandora qutisi»ni ochdi va Rossiya rahbarini izolyasiya qilish, Ukrainadagi urushni «adolatli tinchlik» bilan tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazadi. Zelenskiy bu pozisiyasini videomurojaatida bildirdi.
Gap Sholsning 2022 yil dekabridan beri Putin bilan birinchi suhbati haqida ketmoqda.