Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Rossiyadagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodi va harbiy korxonaga hujum qilinganini tasdiqladi

Zelenskiy Rossiyadagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodi va harbiy korxonaga hujum qilinganini tasdiqladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z bayonotida 26-sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya hududidagi Ilskiy neftni qayta ishlash zavodiga muvaffaqiyatli hujum uyushtirilganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kechada Rossiya qurolli kuchlarini raketa va artilleriya uchun komponentlar bilan ta’minlovchi zavod hamda Pansir-S2 zenit-raketa majmuasi ham nishonga olingan va shikastlangan.

Shuningdek, Prezident Qora dengiz akvatoriyasiga ham muvaffaqiyatli zarbalar barilganini aytgan.

Kiritildi: 21:55 26.09.2026. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!