Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Rossiya bilan doimiy muzokaralar guruhi tashkil etilganini ma’lum qildi

Zelenskiy Rossiya bilan doimiy muzokaralar guruhi tashkil etilganini ma’lum qildi

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar uchun doimiy kengaytirilgan delegasiya tuzadi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy 16 may kuni Istanbuldagi muzokaralarda delegasiyaga boshchilik qilgan mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi .

Zelenskiy Kiyev Moskva bilan, jumladan, yetakchilar darajasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyorligini ta’kidladi.

“Ukraina Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishdan qo‘rqmaydi va Rossiya rahbariyati urushni uzaytirmasligi muhim”, — dedi Zelenskiy.

Turkiyadagi muzokaralardan so‘ng tomonlar “1000 ga 1000” tamoyili asosida mahbuslarni almashishga kelishib oldilar va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritildi: 12:53 20.05.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!