Rossiya AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlikka chaqiruvlariga javob bermayapti.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
“Biz prezident Trampning qotilliklarga chek qo‘yish bo‘yicha pozisiyasini eshitdik va diplomatiyaga to‘siqni olib tashlash bo‘yicha barcha takliflarga rozi bo‘ldik. Lekin, ko‘rinib turibdiki, Rossiya quloq solayotgani yo‘q”, — deya ta’kidladi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, davom etayotgan Rossiya dron hujumlari buning yaqqol dalilidir.
Zelenskiyning ma’lum qilishicha, kecha kechqurundan beri Ukraina hududiga 90 ga yaqin hujumchi dron uchirilgan, natijada Kiyevdagi jamoat transporti infratuzilmasi zarar ko‘rgan.
Ukraina rahbari Rossiya ham diplomatiyaga rozi bo‘lishini ta’minlash uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligini qayd etdi.