Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga mamlakatda harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini taqdim etdi.
Bu haqda Oliy Rada saytida ma’lum qilingan.
Birinchi qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda harbiy holatni 90 kunga uzaytirish taklif qilinmoqda. Ikkinchi hujjatda, tushuntirish xatiga ko‘ra, umumiy safarbarlikni 2025 yil 8 fevraldan boshlab 90 kunga uzaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Harbiy holat va umumiy safarbarlik 8 fevralgacha amal qilishi, 2025 yilning 9 mayiga qadar uzaytirilishi avval xabar qilingan edi.