Zelenskiy agar Rossiya ertadan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, Putinning muzokaralar haqidagi taklifini qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.
"Bu — yaxshi ishora, nihoyat rossiyaliklar urushni tugatish haqida o‘ylay boshlashdi. Jahon hamjamiyati buni juda uzoq vaqtdan beri kutayotgandi. Qirg‘inbarot urushni hatto bir kun davom ettirishning ham ma’nosi yo‘q. Biz Rossiya ertaga, 12 maydan boshlab to‘liq, uzoq muddatli va ishonchli asosda o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqlashini kutmoqdamiz, Ukraina uchrashishga tayyor", — dedi Ukraina prezidenti.