Ukraina prezidenti, shuningdek, Kiyev 9 may kuni Moskvadagi paradga keladigan dunyo yetakchilarining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi.
"9 may kuni Moskvadagi paradga rahbar yoki vakillari boradigan barcha davlatlarga shuni aytamizki, Rossiya hududida sodir bo‘layotgan voqealar uchun biz javobgarlikni o‘z zimamizga ololmaymiz. U yerda sizning xavfsizligingizni Moskva ta’minlaydi, shuning uchun biz hech qanday kafolat bera olmaymiz. Chunki Rossiya aynan shu sanalarda nima qilishini bilmaymiz", — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi “Interfaks-Ukraina”.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, xorijiy davlatlar yetakchilariga 9may kuni Moskvadagi paradga borishni tavsiya etmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari 9 may kuni Qizil maydondagi paradga zarba berishi mumkinligini aytib o‘tgandi.