Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy: Putin yadroviy qurol ishlatishdan qo‘rqadi

Zelenskiy: Putin yadroviy qurol ishlatishdan qo‘rqadi

Ukraina prezidenti Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotlariga javob qaytardi. Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, "Putin istalgan vaqtda va istalgan davlatga zarba berishi mumkin, biroq uning bu qadamni tashlashi dargumon".

"U har doim ham adekvat emas, chunki hech bir adekvat odam Ukrainaga kelib, u qilgan ishni qila olmaydi. Menimcha, u o‘z hayotini va boshqalarning hayotini nazorat qilishni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun, menimcha, u yadroviy quroldan foydalanishdan qo‘rqishi kerak”, deya fikr bildirdi Zelenskiy.

Bir necha kun oldin Rossiya prezidenti Rossiyaning yadroviy cheklash doktrinasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:12. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!