Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga kelsin, biz uni xavfsizligini ta’minlaymiz — Kreml

 Zelenskiy Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga kelsin, biz uni xavfsizligini ta’minlaymiz — Kreml

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva Vladimir Putin va Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech qachon bunday aloqalardan voz kechmagan.

"Agar Zelenskiy haqiqatan ham uchrashuvga tayyor bo‘lsa, Rossiya tomoni uni Moskvaga taklif qiladi. Uning xavfsizligi va ish olib borishi uchun zarur barcha sharoitlar kafolatlanadi", — dedi Ushakov.

Shuningdek, u 2025 yil kuzida Putin Zelenskiyga muzokaralar uchun Moskvaga kelishni taklif qilganini, biroq Zelenskiy bundan bosh tortib, Rossiya prezidentining o‘zi Kiyevga kelishi mumkinligini aytganini eslatdi.

Kiritildi: Bugun 19:23. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!