Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy nodir yer metallari bo‘yicha kelishuvni imzolaydimi?

Zelenskiy nodir yer metallari bo‘yicha kelishuvni imzolaydimi?

Kiyev AQSh bilan nodir yer metallari bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyor.

Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi, biroq u AQShdan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashni talab qilishda davom etishini ham qo‘shimcha qildi.

"Xavfsizlik kafolatisiz o‘t ochishni to‘xtatish Ukrainaga xavf tug‘diradi. AQSh prezidenti Donald Tramp urushni tugatmoqchi, lekin hech kim tinchlikka erishishni bizdan ko‘ra ko‘proq xohlamaydi. Putin bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ishlamaydi. U so‘nggi o‘n yil ichida 25 marta sulhni buzdi. Yagona yechim — haqiqiy tinchlikka erish", — deya fikr bildirdi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Ukrainaning Rossiyaga nisbatan pozisiyasini o‘zgartira olmasligini ta’kidladi.

"Ruslar bizni o‘ldiryapti. Rossiya — dushman, bu biz duch kelayotgan voqelik. Ukraina tinchlikni xohlaydi, lekin bu adolatli va mustahkam tinchlik bo‘lishi zarur. Buning uchun biz muzokaralar stoli atrofida kuchli pozisiyada bo‘lishimiz shart", — deya ta’kidladi Ukraina yetakchisi.

Yakshanba kuni Londonda Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan muzokaralar olib boradi, bundan tashqari, Yevropa yetakchilari sammitida ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:12 01.03.2025. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!