Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy mitropolit Onufriyni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi — Rossiya pasporti va Moskva bilan aloqalar fosh etildi

Zelenskiy mitropolit Onufriyni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi — Rossiya pasporti va Moskva bilan aloqalar fosh etildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrain pravoslav cherkovi rahbari mitropolit Onufriy (Berezovskiy)ni fuqarolikdan mahrum qildi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmati (SBU) ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Onufriy 2002 yili o‘z xohishi bilan Rossiya fuqaroligini olgan va bu haqda Ukraina rasmiylariga xabar bermagan. Shu bilan birga, u Ukraina fuqarosi sifatida barcha huquqlardan foydalanishda davom etgan.

SBU ta’kidlashicha, mitropolit Onufriy Moskva patriarxati bilan aloqalarni saqlab qolgan va Ukraina cherkovining Moskvadan to‘liq mustaqil bo‘lishiga faol to‘sqinlik qilgan.

2023 yil bahorida u Rossiya pasporti mavjudligini inkor etgan edi, biroq jurnalistlar o‘tkazgan surishtiruvlar va hujjatlar buni rad etdi.

Bu urush boshlanganidan beri Ukrainada cherkovning yuqori martabali vakiliga nisbatan qabul qilingan eng jiddiy qarorlardan biridir.

Kiritildi: 19:13 02.07.2025. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!