Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: men eng yaxshisi emasman, lekin eng tajribalisiman

Zelenskiy: men eng yaxshisi emasman, lekin eng tajribalisiman

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Sky News telekanaliga bergan intervyusida o‘zini ideal rahbar deb hisoblamasligini, ammo urush paytida mamlakatni boshqarish uchun eng tajribali shaxs ekanini ta’kidladi.

Jurnalistning boshqa bir insonga hokimiyatni topshirish ehtimoli haqidagi savoliga u shunday javob berdi:

«Men har doim tayyorman, lekin men sevgan va hurmat qilgan xalqimni xiyonat qilishga tayyor emasman. Biz bu og‘ir sinovdan birga o‘ta oldik. Urush davom etmoqda, va mening katta burchim — yurtim bilan birga bu urushni oxiriga yetkazish. Agar xalqimga boshqa yetakchi kerak deb hisoblasa, men bunga qarshi chiqishga haqqim yo‘q. Men charchadim — bu haqiqat. Chunki mamlakat urushda. Charchagan odamlar bor, balki mendan ham ko‘proq».

Savolga javoban, urush sharoitida mamlakatni boshqarish uchun eng yaxshi nomzod bo‘lib-bo‘lmasligi haqida Zelenskiy quyidagini aytdi:

«Men eng tajribalisiman. Balki eng yaxshisi emasman. Har doim sendan yaxshiroq odamlar bo‘ladi. Tanqidiy paytlarda menda har kuni 20 ga yaqin davlat rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lardi. Buning uchun faqat kelishuv emas, natija ham olib kelish kerak».

Ayni paytda, Ukrainada saylovlar harbiy holat bekor qilinmagunicha o‘tkazilmaydi. Zelenskiy bu borada oldinroq — mart oyida ham shunday degan edi:

«Meni almashtirish oson bo‘lmaydi, chunki faqatgina [yangi] saylov o‘tkazish yetarli emas. Meni bu saylovlarda qatnashishimga to‘sqinlik qilish kerak bo‘ladi. Bu esa ancha murakkabroq bo‘ladi».

Kiritildi: 11:45 25.06.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!