Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy mamlakatni mustahkamlash to‘g‘risida farmon chiqardi

Zelenskiy mamlakatni mustahkamlash to‘g‘risida farmon chiqardi

Farmonga ko‘ra, Vazirlar mahkamasi 2020 yilda Ukrainaning xalqaro qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi kerak.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Islohotlar o‘tkazish va davlatni mustahkamlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonda aholi farovonligi darajasini oshirish, hududlarning uyg‘unlikda rivojlanishi va yevropacha yashash standartlarini joriy etishning qo‘shimcha mexanizmlarini kiritishga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risida so‘z boradi.

Vazirlar mahkamasi yil oxiriga qadar Ukrainaning Doing Business reytingidagi mavqeini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi hamda mamlakat gaz-transport tizimining mustaqil operatorini shakllantirishni tasdiqlashi lozim.

Shuningdek, yil oxirigacha NATO va Yevropa Ittifoqi standartlariga mos keluvchi mudofaa kuchlari tizimi yaratilishi kerak. Bundan tashqari, yashash minimumini hisoblashda Yevropa tajribasiga tayaniladi.

Vazirlar mahkamasi 2020 yilda Ukrainaning xalqaro qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi kerak.

Zelenskiy oktyabr oxirida Kiyev NATOga kirish uchun tayyorgarlikni tezlashtirishga tayyorligini bildirgandi.

Kiritildi: 20:16 09.11.2019. O'qildi: 1536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!